Yakkasaroydagi “daraxtkushlik” oqibatida qancha zarar koʻrilgani ochiqlandi
Foto: Ekologiya vazirligi
Avvalroq Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 150 tupga yaqin daraxt moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangani haqida xabar berilgan edi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Ekologiya vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan oʻrganish oʻtkazilgan. Unda poytaxtning Nukus va Bobur koʻchalari kesishmasidan boshlab avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan jami 174 tup daraxt va buta kesilgani aniqlangan.
Shundan soʻng, Ekologiya inspektori tomonidan holat yuzasidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 1 milliard 460 million 952 ming soʻm zarar hisoblangan.
Vazirlik munosabatida keltirilishicha, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ushbu vaziyatni shaxsan oʻz nazoratiga olgan. Atrof-muhitga zarar yetkazgan aybdor mutasaddi shaxslarga nisbatan qonunchilik normalariga muvofiq qatʼiy chora koʻriladi.
Shuningdek, xabarda hokimlik kelgusida shahar hududida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borishi ham taʼkidlangan.
Maʼlumotga koʻra, inspektorlar tomonidan toʻplangan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrilishini taʼminlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan. Endilikda poytaxt hokimligi tomonidan kesilgan daraxtlarning oʻrniga 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt koʻchatlari ekiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring