Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 284 mingdan oshdi

11:07 28 Mart 2025 Iqtisodiyot
240 0

Oʻzbekistonda 2025-yil 1-mart holatiga koʻra yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 284 ming 110 nafarga yetdi. Shundan 83,1 foizi qatʼiy miqdorda daromad soligʻi toʻlovchilardan, 16,1 foizi aylanmadan olinadigan soliq (AOS) toʻlovchilaridan va 0,8 foizi qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) va foyda soligʻi toʻlovchilaridan iborat. Yanvar-fevral oylarida esa 17 ming 341 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtgan. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portal maʼlum qildi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar asosan quyidagi sohalarda faoliyat yuritmoqda: 136 ming 29 nafari chakana savdo sohasida, 29 ming 372 nafari maishiy xizmat koʻrsatish sohasida, 23 ming 25 nafari hunarmandchilik bilan shugʻullanmoqda. Shuningdek, 95 ming 684 nafar tadbirkor boshqa turdagi faoliyat yoʻnalishlarida ishlamoqda. 2025-yilda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha mos ravishda yangi roʻyxatdan oʻtganlar soni chakana savdoda 7 ming 996, maishiy xizmatda 2 ming 258, hunarmandchilikda 563 va boshqa sohalarda 6 ming 524 nafarni tashkil etdi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jinsiy tarkibiga koʻra, erkaklar 57 foizni tashkil etib, ularning soni 163 ming 85 nafarni, ayollar esa 43 foizni tashkil etib, 121 ming 25 nafarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkichlar ayollarning ham faol tadbirkorlikda ishtirok etayotganini koʻrsatadi.

Hududlar kesimida eng koʻp YTTlar Toshkent shahrida (38 ming 804), Samarqand viloyatida (29 ming 921), Fargʻona viloyatida (28 ming 83), Toshkent viloyatida (26 ming 442), Andijon viloyatida (26 ming 284) va Namangan viloyatida (20 ming 324) faoliyat yuritmoqda. Eng kam YTTlar esa Navoiy (7 ming 49), Sirdaryo (7 ming 605) va Jizzax (9 ming 427) viloyatlarida roʻyxatga olingan.

Mazkur maʼlumotlar Davlat soliq xizmati tomonidan taqdim etilgan boʻlib, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni yildan yilga ortib borayotganini koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?