XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga tegishli «Qurʼoni Karim» nusxasi Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasiga topshirildi
“Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti, Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi - badiiy ekspertiza boʻlimi hamda Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi xodimlari ishtirokida tuzilgan dalolatnomaga asosan, Qozon bosmaxonasida chop etilgan “Qurʼoni Karim” nusxasi davlat muzey-qoʻriqxonasiga topshirildi.
“Qurʼoni Karim” kitobi taxminan XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga oid boʻlib, 17-sahifadan 2-sura “Baqara” surasining 113-oyati bilan boshlanib, 566-sahifa 102-sura “At-Takosur” surasining 3-oyatigacha saqlangan. Muqaddas kitobning boshidan 112 ta oyati va oxiridan 12 ta surasi saqlanmagan. Betlari toʻplamdan ajralgan, yozuvlari qoniqarli, baʼzi varaqlarining chetlari titilgan, yirtilgan, sariq va qora dogʻlar mavjud. “Qurʼoni Karim” nusxasi oldin ishlatilgan boʻlib, baʼzi varaqlari gʻijimlangan.
Mazkur “Qurʼoni Karim” kitobini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-mayda qabul qilgan “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida eʼlon qilingan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan uchib kelgan fuqaro taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring