WSJ: AQSH Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berish uchun razvedka maʼlumotlari taqdim etadi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Ukrainaga Rossiya hududining chuqur qismida joylashgan energetika infratuzilmasi obyektlariga zarba berish uchun zarur boʻlgan razvedka maʼlumotlarini taqdim etishga rozilik berdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qildi.
Nashrning yozishicha, ushbu qaror Tramp maʼmuriyatining Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurol-yarogʻ, xususan, qanotli raketalarni taqdim etish imkoniyatlari ustida oʻylab koʻrayotgan bir paytda qabul qilindi.
Reuters agentligiga koʻra, Vashington allaqachon Kiyev bilan razvedka maʼlumotlari almashib kelgan. Biroq WSJning taʼkidlashicha, yangi qaror Ukrainaga Rossiya hududidagi neft qayta ishlash zavodlari, neft quvurlari, elektrostansiyalar va boshqa strategik infratuzilmalarga zarba berishni osonlashtiradi. Buning maqsadi — “Kremlni neft va daromaddan mahrum qilish” deb koʻrsatilgan.
Avvalroq The Telegraph xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan yopiq uchrashuvda Donald Trampdan Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi “Tomagavk” qanotli raketalarini taqdim etishni soʻragandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring