#wearethechildren fotokoʻrgazmasiga 200 nafardan ortiq fotosuratchilar oʻz ishlarini taqdim etishdi
Foto: “Xalq soʻzi”
UNESCO va Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkentda kichik yoshdagi bolalarni taʼlim-tarbiya berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi doirasida boʻlib oʻtadigan keng koʻlamli fotokoʻrgazma uchun fotokonkurs eʼlon qilgan edi.

Ushbu xabar eʼlon qilinganidan soʻng Oʻzbekistonda 100 dan ortiq fotosuratchilar oʻz ishlarini yuborishdi va 450 dan ortiq bolalar ishtirokidagi fotosuratlar jamlanmasi toʻplandi.
Tashkilotchilar mamlakatdagi barcha fotosuratchilarni 30-oktyabrga qadar davom etadigan tanlov uchun oʻz ishlarini yuborishga chorlaydi.
«Oʻzbekiston» fotosuratlar toʻplamiga kiradigan gʻolib mualliflar oʻz ishlari bilan Parijdagi fotokoʻrgazmada shaxsan qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dunyo boʻylab fotosuratchilarning eʼtiborini jalb qilish va butun dunyo boʻylab ekspozitsiyani toʻplash uchun xalqaro maslahatchi va ekspert Benua Delplank rahbarligidagi jamoa fotosuratlarni tanlash uchun jalb qilindi. U professional prodyuser boʻlib, sanʼat maydonchalari uchun ekspozitsiyalarni tashkil qilishda keng tajribaga ega.
Fotokoʻrgazma 14-20-noyabr kunlari “Humo Arena”da boʻlib oʻtadi. Kirish bepul, animatorlar, oʻyin maydonlari onalar va bolalar uchun ishlaydi.
Fotosuratchilar uchun batafsil texnik talablar quyidagi havola orqali bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring