WBA reytingi yangilandi: Shahram Gʻiyosov birinchi oʻrinda
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) 2025-yil dekabr oyi yakunlariga koʻra yangilangan reytingini eʼlon qildi. Ushbu roʻyxat professional bokschilarning yil oxirida qayd etgan natijalari asosida shakllantirilgan.
Qayd etish joizki, reytingdan jami sakkiz nafar oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi oʻrin oldi. Ular orasida yarim oʻrta vazn toifasida ishtirok etayotgan Shahram Gʻiyosov oʻz pozitsiyasini saqlab qolib, WBA reytingining birinchi pogʻonasida qoldi. Super oʻrta vaznda esa Bektemir Meliqoʻziyev ikkinchi oʻrinda qayd etildi.
Bundan tashqari, yarim yengil vazn toifasida Otabek Xolmatov uchinchi oʻrindan joy olgan boʻlsa, birinchi yarim yengil vaznda Muhammad Shexov ham kuchli uchlikdan oʻrin egalladi. Ushbu vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev toʻrtinchi pogʻonada qayd etildi.
Super yarim oʻrta vaznda Isroil Madrimov oltinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, minimal vaznda Hasanboy Doʻsmatov yettinchi natijani koʻrsatdi. Yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Sirojbek Ismoilov esa reytingda 15-oʻrinni band etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring