WADA prezidenti Vitold Banka ilk bor Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga martabali mehmonlar kelishi boshlandi.
Bugun, 21-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka, Bosh direktor Oliver Niggli va boshqa mutasaddilar kutib olindi.
Martabali mehmonlarni Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikovlar kutib oldi.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish lozimki, bu Vitold Bankaning nafaqat Oʻzbekistonga, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham birinchi tashrif hisoblanadi.
Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka va Oʻzbekiston Sport vaziri Adham Ikramov ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, InterContinental Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtadigan anjuman 22-may kuni oʻz ishini boshlaydi.





Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring