Vorislik huquqini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida “Vorislik huquqini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Toshkent Davlat yuridik universiteti vakillari, Oʻzbekiston Notarial palatasi rahbar va mutaxassislari hamda notariuslar ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari Vosidjon Ergashev va Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov olib borgan davra suhbatida ishtirokchilar Oʻzbekistonda amaldagi vorislik huquqi yoʻnalishida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yoʻllari, shuningdek, qonunchilik sohasiga shiddat bilan kirib kelayotgan raqamlashtirish va islohotlar, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borishi tufayli yangidan-yangi meros turlari va huquqi paydo boʻlayotgani haqida soʻzladilar.
Professor Nurilla Imomov “Facebook”, “Instagram”, “YouTube” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda meros qolishi mumkin boʻlgan elektron meros turlari, ularga kelajakda meros huquqini berish va notarial tasdiqlash haqida soʻz yuritdi.
— Vorislik huquqi boʻyicha Adliya vazirligi va Notarial palata tomonidan tizimli targʻibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. Aytish joizki, 9 oyda notariuslar tomonidan amalga oshirilgan 182 000 ta meros ishlaridan atigi 50 tasi haqiqiy emas deb topilgan, bu jami meros ishining bir foizi ham emas, — deydi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshligʻi Maʼsum Hatamov. — Shu 50 ta meros ishi ham fuqarolarimiz tomonidan merosxoʻrlarni yashirish va boshqa shu kabi harakatlar tufayli bekor qilingan. Bu notariuslarimizning tajriba va mahorati yuksakligidan darak beradi. Albatta, mutaxassislarimiz va notariuslarning oʻzlari vorislik huquqi boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganib, qonunchilikni takomillashtirish borasida takliflarini berishmoqda, bu esa sohada isloh qilinishi kerak boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Davra suhbati yakunida qonunchilikni takomillashtirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring