Viruslarni aniqlovchi universal test yaratildi

00:07 09 Mart 2023 Jamiyat
688 0

Rossiyalik olimlar tomonidan bir martalik tekshiruv orqali bemorlarning aynan qaysi turdagi virus bilan kasallanganini aniqlovchi test tizimi yaratildi. Ushbu yangi metodika maʼlumotlar bazasiga kiritilgan barcha patogenlar uchun mos keladi.

Test tahlilini oʻtkazish uchun bir necha daqiqa kifoya. Bu vaqtda spektrometr zarur maʼlumotlarni toʻplab, ularni xastalik mavjud yoki yoʻqligini aniqlaydigan kompyuterga yoʻnaltiradi. Shundan soʻng maxsus dastur virus turiga aniqlik kiritadi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Vladimir Vitkin xulosasiga koʻra, yangi tizim virusning avj olishiga toʻsiq boʻla oladi. Masalan, u aholi gavjum joylarga oʻrnatilsa, odamlar test topshirib, bir necha daqiqada uning javobini olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?