Vinisius bor, Mbappe yoʻq: Yevropa Chempionlar ligasida mavsumning eng yaxshilari aniq boʻldi
Foto: Getty images
UYEFA 2023-2024-yilgi Yevropa chempionlar ligasining eng yaxshilarini maʼlum qildi. “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” nomiga Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior loyiq deb topildi.
Mavsum Chempionlar ligasida braziliyalik futbolchi 10 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Madridning yana bir isteʼdodli yarim himoyachisi Jud Bellingem joriy mavsumda Chempionlar ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bellingem 2023-yil yozidan beri “Real”da oʻynamoqda. Bungacha angliyalik yarim himoyachi Dortmundning “Borussiya” klubi sharafini himoya qilgan edi.
Vinisius va Bellingem “Real” bilan birgalikda finalda Dortmundning “Borussiya” jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibiga aylandi.
“Real Madrid”ning yana bir yarim himoyachisi Federiko Valverdening “Manchester Siti” darvozasiga toʻp kiritgan goli “Mavsumning eng chiroyli goli” sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari, UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasining ramziy terma jamoasini ham tuzdi. Ushbu jamoadan 4 nafardan “Borussiya” va “Real” klubi futbolchilari, 1 nafardan “PSJ”, “Manchester Siti” va “Bavariya” futbolchilari oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring