Texnika yoʻnalishidagi loyihalarga davlat grantlari toʻrt karra oshiriladi

18:05 20 Iyun 2024 Ilm-fan
148 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Inno» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.

Unda Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qoʻllanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Shoʻba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat boʻladi.

Kelgusi yildan texnika yoʻnalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham taʼsischi boʻlishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard soʻmgacha buyurtmani toʻgʻridan-toʻgʻri berishi mumkin boʻladi.

Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?