Vestminster universitetida sogʻliqni saqlash yoʻnalishida yangi dastur ochildi

09:34 31 Dekabr 2020 Jamiyat
1574 0

Bu yilgi hodisalar tibbiy maʼlumot va sifatli tibbiy xizmatning naqadar muhimligini isbotladi. Oʻzbekiston hukumati ushbu muammoni dolzarbligini anglagan holda, sogʻliqni saqlash tizimini qoʻllab-quvvatlash va kasalliklarning oldini olish tashabbuslarini amalga oshirish orqali Oʻzbekiston aholisining salomatligi va farovonligini yaxshilash uchun mutaxassislarni tayyorlashga ustuvor yoʻnalish sifatida qaraydi. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi 4666-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmon tibbiy tibbiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha juda muhim chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan, boʻlajak shifokorlarning oʻquv dasturlaridagi asosiy boʻlmagan fanlarning ulushini kamaytirish, dunyoga mashhur oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan tibbiy xodimlarga oylik mukofotlar berish, taniqli xalqaro tibbiy taʼlim muassasalarining filiallari va klinikalarini ochish shular jumlasidandir.

Shuningdek, Farmonda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) aholi sogʻligʻini saqlash boʻyicha magistrlik kursini tashkil etish nazarda tutilgan. Kurs bitiruvchilari sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari va aholi, shuningdek ushbu yoʻnalishda qaror qabul qiluvchi masʼullar oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻim boʻlishga imkon beradigan muayyan koʻnikmalarni egallaydilar.

— Buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino butun dunyo tibbiyotida chuqur iz qoldirgan, — deydi TXVU rektori Baxrom Mirkasimov. — Ushbu yangi magistrlik kursi buyuk vatandoshimizning ishini davom ettirish va Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qoʻshishi bilan faxrlanaman.

Mazkur magistrlik kursi Vestminster universiteti (London) bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, Oksford universitetining sogʻliqni saqlash va tabiiy fanlar departamenti mutaxassisi tomonidan tasdiqlangan.

Ushbu kurs modullari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Epidemiologiya asoslari

Xulq-atvorni oʻzgartirish maqsadida salomatlikni va aloqalarni mustahkamlash

Aholi salomatligini saqlash va ovqatlanish

Sogʻliqni saqlash statistikasi

Iqtisodiyot va sogʻliqni saqlash tizimlari

Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish

Sogʻliqni saqlash sohasida tadqiqot usullari

Dissertatsiya

Aholi salomatligini saqlash yoʻnalishidagi magistrlik kursi bir yillik kunduzgi taʼlim va toʻliq ish kunida band boʻlganlar uchun ikki yillik kechki taʼlim shaklida taqdim etiladi. Ushbu magistrlik kursi ijtimoiy (sotsiologiya) soha talabalari, shuningdek, tibbiy yoki sogʻliqni saqlash sohasi maʼlumotiga ega boʻlganlar uchun moʻljallangan. Kursni tamomlaganlar, ular amaliyotchi shifokor, davolovchi xodimlar, akademik yoʻnalishdagi oʻqituvchi-professorlar, menejerlar yoki aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi yetakchilar boʻlishlaridan qatʼiy nazar, ushbu yoʻnalishda samaralari faoliyat boruvchi yetakchi mutaxassislarga aylanishadi. Milliy va xalqaro sogʻliqni saqlash tashkilotlari, mahalliy sogʻliqni saqlash boshqarmalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, jamoat tashkilotlari hamda davlat idoralarida amaliyotchi shifokorlarga ehtiyoj kattaligi kuzatilmoqda. Shuningdek, PhD yoki DSc ilmiy darajasini olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun sanoat, salomatlik monitoringi va tibbiy taʼlim sohalarida ham talab katta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?