Vengriyaning yetakchi gazetasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari natijalariga bagʻishlangan maqola chop etildi
Vengriyaning yetakchi “Madyar Nemzet” gazetasida “Oʻzbekiston soʻnggi yillarda mana shunday rivojlanmoqda” sarlavhali tahliliy maqola eʼlon qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
“Shavkat Mirziyoyev Prezidentligining yetti yillik faoliyati davomida Oʻzbekiston hayotining barcha jabhalarida, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish, siyosiy raqobatni ragʻbatlantirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faol oʻzgarishlar siyosatini olib bormoqda, — deb yozadi maqola muallifi, mazkur nashr muxbiri Levente Sitkey. — Shuningdek, mamlakat maqomiga mos keladigan fuqarolik madaniyati ham rivojlanmoqda”.
Maqolada taʼkidlanishicha, amalga oshirilayotgan islohotlar ichki siyosiy manzara hamda fuqaro va davlat oʻrtasidagi tub munosabatlarni oʻzgartirishga xizmat qilayapti. “Oʻzbekiston xalqi esa taklif etilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlamoqda, chunki mamlakat aholisining 90 foizdan ortigʻi joriy yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda yangilangan Konstitutsiya uchun ovoz berdi”, — qayd etadi gazeta.
Nashrda, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiq tashqi siyosat kursi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiya jarayonlari faollashdi, yaxshi qoʻshnichilik ruhi ham mustahkamlangani alohida urgʻulangan. Xususan, qoʻshni Afgʻoniston bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, deyiladi maqolada.
“Madyar Nemzet” gazetasida bosilgan mazkur maqolada Oʻzbekistonning ulkan sayyohlik salohiyati, zamonaviy va tarixiy shaharlari haqidagi batafsil maʼlumotlar ham mushtariylar eʼtiboriga taqdim qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring