Velosportchilarimiz Italiyada oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqada sovrindorlar qatoridan joy olmoqda

12:05 21 Iyul 2023 Sport
410 0

Ayni kunlarda Italiyaning Pordenone shahrida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha «6 SERE INTERNAZIONALE CITTÀ DI PORDENONE” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Quvonarlisi, dastlabki medallar ham qoʻlga kiritildi.

Ochkolar uchun kechgan poygada 2 nafar mohir velosportchimiz shohsupadan joy olishdi. Koziyeva Nafosat oltin, Missyurina Mrgarita bronza medalni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, chiqib ketish guruh poygasi uchun kechgan poygada Missyurina Mrgarita kumush medalga sazovor boʻldi.

Ushbu musobaqa 22-iyulga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?