Konstitutsiyaviy sudning 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 11-12-noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashkil etilganining 30 yilligiga bagʻishlangan “Konstitutsiyaviy islohotlar va konstitutsiyaviy nazorat institutini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YXHT hamda xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy sudlari vakillari oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Konferensiyada Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya, Tailand, Belarus, Rossiya, Germaniya, Indoneziya kabi davlatlarning konstitutsiyaviy sudlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ilmiy doiralar hamda mutaxassislar ham qatnashdi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva oʻz chiqishida Konstitutsiyaviy sudning 30 yillik faoliyati davomida mamlakatda huquq ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy kafolatlarini mustahkamlash va sud hokimiyati mustaqilligini rivojlantirish yoʻlidagi hissasini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, 2023-yilda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar inson huquqlari, sud mustaqilligi va konstitutsiyaviy nazorat tizimini yanada kuchaytirish yoʻlida muhim bosqich boʻlgani qayd etildi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy sudning parlament bilan oʻzaro hamkorligi ham alohida taʼkidlab oʻtildi. Sud har yili sud amaliyoti va konstitutsiyaviy qonunchilik holati boʻyicha maʼlumotlarni Oliy Majlis palatalariga hamda Prezidentga taqdim etadi, parlament esa bu tavsiyalarni qonun ijodkorligi jarayonida inobatga oladi.
Konferensiya doirasida Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ularga teng institutlar assotsiatsiyasiga raislik Tailand Qirolligi Konstitutsiyaviy sudidan Oʻzbekiston Respublikasiga topshirildi. Buni xalqaro hamjamiyat tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlariga berilgan yuksak eʼtirof sifatida baholash mumkin.
Anjumanning yalpi sessiyalarida konstitutsiyaviy islohotlar, konstitutsiyaviy shikoyat institutining rivoji, inson huquqlarini himoya qilishda konstitutsiyaviy sudlarning oʻrni kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring