Velosipedchi ayollarga bayram sovgʻasi

19:19 29 Dekabr 2021 Jamiyat
798 0

Foto: "Xalq so'zi"

Andijon viloyati Baliqchi tumaniga kelsangiz, koʻcha-koʻyda turli yoshdagi ayollarning, qizlarning velosipedda harakatlanishini koʻrib, zavqingiz keladi. Ular orasida keksa onaxon ham bor, yosh qizaloqlar ham.

— Velosipedda tananing barcha aʼzosi harakatlanadi, — deydi tumanning Jasorat mahallasida yashovchi 80 yoshli Nodiraxon aya Imomova. — Bu sogʻliq uchun juda muhim. Har kuni tongda velosiped minib, butun qishloqni aylanib chiqaman. Shuning uchun ham tetikman, qarilik bilinmaydi. Qishlogʻimiz ayollari har bir kunini velosiped haydash bilan boshlaydi. Bu odatimizga aylanib qolgan.

Aytish kerakki, tumanda opa-singillarimizning bu shijoati, shuningdek, sportga qiziqishi har doim qoʻllab-quvvatlab kelingan. Buning uchun mahallalardagi maktablarda mavjud sport zallarida ayollar basketbol, voleybol, stol tennisi kabi sport turlari bilan shugʻullanishi uchun sharoitlar ham yaratib berilgan.

Kuni kecha tuman hokimligi tomonidan eng faol velosipedchi ayollarga yangi velosipedlar sovgʻa qilindi. Bu ham boʻlsa tumanda xotin-qizlar orasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan eʼtiborning kichik ifodasidir.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?