Vazirlik yetkazib bergan laboratoriya uskunalaridan nega foydalanilmayapti?
Joriy yilning oʻtgan 9 oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 30,0 mlrd. soʻmlik 56 ta startap loyihalari moliyalashtirildi. Shuningdek, 37 nafar yosh olim 6 ta xorijiy davlatlarga (AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Belarus, Latviya va Turkiya) ilmiy stajirovkalarga yuborildi. Bundan tashqari, 31 turdagi laboratoriya asbob-uskunalari xaridi boʻyicha 19,4 mlrd. soʻm moliyalashtirildi.
Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlumot berdi.
Biroq ushbu ilmiy laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalanish natijadorligini aniqlash maqsadida olib borilgan oʻrganishlarda ayrim ilmiy tadqiqot va OTMda ulardan foydalanmaslik holatlari aniqlandi.
Masalan, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga yetkazib berilgan “AR403» rusumli universal yuritgichli koʻp maqsadli ilmiy laboratoriya asbob-uskunasi (92,0 ming AQSH doll.) ishlatilmayotganligi aniqlangan.
Yoki Xorazm Maʼmun akademiyasiga yetkazib berilgan “SETARAM” rusumli koʻp tarmoqli oʻta sezgir differensial skanerlovchi kalorimetr ilmiy laboratoriya asbob-uskunasi (24,0 ming AQSH doll.) may oyidan buyon ishga tushirilmagan va hozirgi kunda muassasa omborxonasida saqlanayotgani tanqid qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring