Vazir oʻrinbosari: 2020-yil internet tezligi 10 barobarga koʻtariladi

18:25 21 Fevral 2020 Iqtisodiyot
1170 0

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov XPKning yaqinda boʻlib oʻtgan sessiyasida shu haqida toʻxtalib oʻtdi:

— 2020-yil internet tezligi 10 barobarga koʻtariladi.

...Biz bu yili “Bir million dasturchilar“ loyihasini amalga oshirishni reja qilganmiz. Bu loyiha Oliy taʼlim vazirligi va Xalq taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

… Bu yil ham “IT-park“larini rivojlantirishni davom ettiramiz. Yaqin vaqt ichida “IT-park“lar filiallari Guliston, Namangan va Urganch shaharlarida barpo etiladi.

U, shuningdek, vazirlik Oʻzbekistonga Google, Yandex va Facebook serverlarini oʻrnatish istagida ekanligini bildirdi.

Vazir oʻrinbosari mazkur uch yirik kompaniyani eng yirik kontent yetkazib beruvchilar ekanligini qayd etar ekan, ularni mahalliylashtirish kontent yuklanishini sezilarli darajada tezlashtirishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?