“Vatanparvar” tashkilotida “Kalibr” uzoq masofalarga oʻq otish klubi tashkil etildi
Foto: Халқ сўзи
Ushbu klub Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga asosan taʼsis etildi.
Kalibr klubi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi qoshida tashkil etilgan boʻlib, klubning asosiy maqsadi ov va uzoq masofalarga oʻq otish sporti havaskorlari, Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, ilgʻor tajriba almashish hamda respublika hududida uzoq masofalarga oʻq otishni ommalashtirish hisoblanadi.
Ushbu klubning asosiy yoʻnalishlaridan biri Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, jismoniy tarbiya va sport subyektlari bilan uzoq masofalarga oʻq otishni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikda ishlarni olib borish hisoblanadi.
“Kalibr” uzoq masofalarga oʻq otish klubi Nizomiga muvofiq, ushbu klubga faqatgina Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga aʼzo boʻlgan (qurol olib yurishga haqli) fuqarolar qabul qilinadi.
Birlashma niqoblanish, joyga moslashish, oriyentirlanish, qiyin sharoitlarda yashovchanlik borasidagi oʻz tajriba va koʻnikmalarini harbiy xizmatchilarga oʻrgatish boʻyicha mahorat darslari oʻtib borishi belgilangan.
Shu bilan birga, endilikda klub aʼzolari, harbiy xizmatchilar ishtirokida qiyin sharoitlarga moslashgan holda uzoq masofalarga oʻq otish boʻyicha musobaqalar oʻtkazib borilishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring