“Vatanparvar” tashkiloti avtomaktabida Afgʻoniston fuqarolari oʻqitildi
Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi tasarrufidagi Termiz avtomobil maktabida 46 nafar afgʻonistonlik fuqarolar “B” toifasi boʻyicha oʻqitildi.
Bu haqda “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilindi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qoʻshma loyihasi asosida oʻqigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari ushbu amaliyot Afgʻonistondagi qayta tiklash ishlariga koʻrsatilayotgan yordamlardan biri ekanligini, Oʻzbekistonda yana koʻplab afgʻonistonliklarni turli kasblarga tayyorlash ishlari davom ettirilishini bildirdilar. Shu oʻrinda Sharlotta Adrian oʻzbekistonlik mutasaddilarga kelgusida afgʻonistonlik ayollarni hamshiralik ishi boʻyicha oʻqitish taklifini bildirdi.
Tadbir yakunida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi “Hozirda ogʻir vaziyatni boshidan kechirayotgan Afgʻoniston fuqarolarini kasbga tayyorlash borasida alohida namuna koʻrsatayotgan «Vatanparvar” tashkilotining kichik bayrogʻidan esdalik uchun olib qolishimga ruxsat bergaysizlar», deya tashkilot bayrogʻini qabul qilib olgani yigʻilganlarning olqishiga sazovor boʻldi.
Yuqoridagi loyiha asosida Termiz tumanida tashkil etilgan Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida yana 35 nafar afgʻonistonlik tikuvchilik kasbiga tayyorlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring