Vatan ichra kichik vatan hisoblanuvchi oʻz uy-joyimga ega boʻldim — Sodiqjon Sobirov
Mamlakatimizda keyingi yillarda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Ayni jarayonda davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori muhim dasturilamal boʻlayotir.
Bu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumani hokimligi tomonidan ikki nafar uy-joyga muhtoj bolalarga Fargʻona va Margʻilon shahridan 2 ta zamonaviy, toʻliq jihozlangan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi.
— Hozirda 21 yoshdaman, — deydi Sodiqjon Sobirov. — Aniq ish joyim hamda Vatan ichra kichik vatan hisoblanuvchi oʻz uy-joyimga ega boʻldim. Endi oila qurib, jamiyat ravnaqi uchun mehnat qilish, yaxshi farzandlar tarbiyalash niyatidaman.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring