Vashingtonda AQSH Kongressi huzuridagi «Oʻzbekiston boʻyicha kokusi»ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
AQSHdagi diplomatik vakolatxonamiz maʼlum qilishicha, 8-iyun kuni Vashingtonda shahrida Qoʻshma Shtatlar Kongressi huzuridagi «Oʻzbekiston boʻyicha kokusi»ning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi, Kongress aʼzolari, Oq uy, Davlat departamenti, Pentagon, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), nufuzli kongressmen va senatorlar maʼmuriyati vakillari, hamda nodavlat tashkilotlar, xalqaro institutlar, shuningdek, AQSHning yetakchi tahlil markazlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizdagi siyosiy va iqtisodiy modernizatsiyasini chuqurlashtirish jarayonlari, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan faol ishbilarmonlik muhiti yaratilayotganligi haqida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, keng qamrovli Oʻzbekiston — AQSH hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri va oʻzaro manfaatli aloqalar chuqurlashtirish istiqbollari aytib oʻtildi.
AQSHdagi elchixonamiz xabariga koʻra, Oʻzbekiston Kokus hamraisi kongressmen Trent Kellining soʻzlariga koʻra, ushbu doʻstlik guruhi tashkil etilgan 2018-yildan buyon har ikki davlat qonunchilarining oʻzaro tashriflari sezilarli faollashuvi kuzatilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga 35 dan ortiq kongressmen va stafferlar tashrif buyurgan, bu esa, uning fikriga koʻra, Kapitoliy tepaligida Oʻzbekistonga nisbatan doimiy va ikki partiyaviy qoʻllab-quvvatlash mavjudligidan dalolatdir.
Bundan tashqari, Kongress vakilining taʼkidlashicha, «Oʻzbekiston boʻyicha kokus» oʻz faoliyatini boshlaganida 4 nafar kongressmen unga aʼzo boʻlgan boʻlsa, qisqa vaqt ichida kokus kengayib, aʼzo kongressmenlar sonini 17 nafarga yetdi. «Biz hozirgi kunda «Oʻzbekiston boʻyicha kokusi»ni ikki tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishning ishonchli va samarali platformasiga aylantirishdan manfaatdormiz. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida ushbu guruhi aʼzolari sonini 30 nafarga yetkazish niyatidamiz», deydi T.Kelli.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Kokus kengashi hamraisi, demokrat kongressmen V. Gonsales Oʻzbekiston AQSH Kongressi kun tartibida muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Xususan, Oʻzbekiston mustaqilligi va suverenitetini qoʻllab-quvvatlashga va Oʻzbekiston — Amerika hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan AQSH Kongresi rezolyutsiyasi 21 nafar kongressmen tomonidan qoʻllab quvvatladi. «Biz tez orada AQSH Kongressi spikeri Nensi Pelosi ushbu rezolyutsiyani maʼqullashi uchun yana 4 ta ovoz olishni kutmoqdamiz», taʼkidladi P. Karillo.
Kongressmen V.Gonsales mamlakatimizga nisbatan “Jekson-Venik” tuzatishining qoʻllanilishini toʻxtatishga qaratilgan maxsus “HRes-1913” nomli qonun loyihasini oldinga siljitish niyatida ekanligini alohida qayd etdi. Ushbu qonun loyihasi Oʻzbekiston — AQSH savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida aytib oʻtildi.
«Oʻzbekiston boʻyicha kokus»ning ikkinchi yigʻilishida ishtirok etgan ekspertlar hamjamiyati vakillari Oʻzbekistondagi demokratik oʻzgarishlar butun mintaqada ijobiy yangilanishlar uchun zamin yaratayotganini alohida taʼkidlashdi.
Tadbir yakunida mazkur doʻstlik guruhi hamraislari kongressmenlar V. Gonsales va T. Kelli tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston boʻyicha Komissiyaning ikkinchi majlisi bayonnomasi” qabul qilindi va unda aʼzo kongressmenlar yana bir bor mamlakatimiz bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish strategik ahamiyatga ega ekani, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishga intilishlarini maʼlum qilishdi.
Shuningdek, bayonnomada parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qoʻllab-quvvatlashdi. Hujjatda amerikalik vakillar Kongressning boshqa aʼzolarini Kokus faoliyatiga qoʻshilishga ham chaqishdi.
Eslatib oʻtamiz, Qoʻshma Shtatlar Kongressi huzuridagi «Oʻzbekiston boʻyicha kokusi» 2018-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil topgan. Oʻrnatilgan amaliyotga koʻra, Kokus ikki marta yilda bir marotaba yigʻilib, AQSH — Oʻzbekiston hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi. Ushbu guruh aʼzolari, boshqa kongressmenlar, AQSH rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillarining birinchi uchrashuvi 2019-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring