“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Foto: AP
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.
“Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak”, deydi u.
Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat qilishlariga shama qilmoqda. Ammo u rozi boʻlsa ham, hech kim uning omon qolishiga kafolat bermaydi. Moskvada ham Zelenskiyning legitimligi (legitimlik siyosiy-huquqiy tushuncha boʻlib, u davlat, mamlakat rezidentlari yoki katta guruhlarning, jamoatchilik fikrining muayyan davlat yoki mamlakatda faoliyat yuritayotgan hokimiyat institutlariga nisbatan ijobiy munosabatini, ularning qonuniyligini tan olishini bildiradi — tahr.) haqida savollar bor... Vaqt u tomonda emasligi aniq.
Avvalroq, Zelenskiy Ukraina OAVlariga jangovar toʻqnashuv chizigʻi boʻylab harbiy mojaroga chek qoʻyishga qarshi ekanini aytib, uni “Berlin” deb atagan edi. U oʻz pozitsiyasini AQSH prezidenti Donald Trampga yetkazgan.
Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagandi. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilingan.
Putinning taʼkidlashicha, Ukrainada yagona qonuniy hokimiyat parlament va Oliy Rada spikeridir.
AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukraina tomoni saylov oʻtkazishga rozi boʻlganini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring