“Vaʼda” filmi xalqaro kinofestival dasturidan oʻrin oldi
Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut-2020” yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan “Vaʼda” (“Promise”) qisqa metrajli filmi «9. International silkroad film awards" kinofestivali dasturiga kiritildi.
Mazkur kinofestivalning final bosqichi joriy yilning 6-dekabr kuni Turkiya Respublikasida boʻlib oʻtadi.
“Vaʼda” qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi Azizbek Qurbonov, postanovkachi rejissyor Otabek Yuldashev, operator Ilyos Islomov, postanovkachi rassom Sardor Mahmudov, kartina direktori Ilhom Absalomov.
Maʼlumot uchun, mazkur kinofestivalda 2020-yilning yanvar oyidan buyon suratga olingan qisqa metrajli badiiy, animatsion va hujjatli filmlar ishtirok etadi.
Final bosqichida gʻolib boʻlgan kinokartinalarga kinofestival statuetkasi va esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring