«UzTextile Expo Autumn 2024» ko‘rgazmasidan fotoreportaj

18:23 15 Oktyabr 2024 Iqtisodiyot
334 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

9-Xalqaro «To‘qimachilik va moda sanoati UzTextile Expo Autumn 2024» ko‘rgazmasi o‘z ekspozisiyasini 15-17-oktyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKKning 1-va 2-pavilonlarida namoyish etadi.

Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlarini reklamasi va marketing agentligi bilan hamkorlikda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati o‘z rivojlanishida katta yutuqlarga erishdi mamlakatda yetishtirilayotgan deyarli barcha paxta mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta ishlanmoqda. Sanoat korxonalari soni ortib bormoqda, bunda ular qatoriga ham kichik va o‘rta biznes sub’yektlari ham, ishlab chiqarish zanjiri bo‘ylab mahsulotlarni kalava-ipdan tayyor kiyimgacha yetkazib beradigan yirik klasterlar ham kiradi. Eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda, O‘zbekiston yetakchi eksportchilar orasida o‘z o‘rnini egallab kelmokda, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari yangi bozorlarni zabt etmoqda.

UzTextile Exro ko‘rgazmasining asosiy vazifalaridan biri mahalliy to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, «Made in Uzbekistan» brendi ostida mahsulotlarni jahon bozorlarida eksport qilish va targ‘ib qilishga ko‘maklashishdir.

Ushbu strategiyaning muhim elementi an’anaviy «Buyer» dasturi bo‘lib, u yaqin va uzoq mamlakatlardan bo‘lajak xaridorlarga to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan ishchi aloqalarini o‘rnatish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Dastur birinchi marta Uzbekistonda ushbu ko‘rgazmada 2011-yilda ishga tushirilgan va har yili uning afzalliklaridan faqat uning ishtirokchilari foydalanishi mumkin.

Bu yil ko‘rgazmada 70 dan ortiq mahalliy kompaniyalar ishtirok etib, turli xil mahsulotlar kalava-ip, mato, trikotaj, barcha yoshdagilar uchun kiyim-kechak, paypoq buyumlari, ichki kiyim trikotaji, uy to‘qimachilik mahsulotlari va ko‘plab boshqa mahsulotlarni namoyish etadi. Xorijiy xaridorlar tadbirga alohida qiziqish bildirmoqda: turli mamlakatlardan 200 dan ortiq kompaniyalar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonning 38 million kishilik bozorga ega yirik yetkazib beruvchi sifatidagi imkoniyatlarini baholash uchun yetib kelishadi.

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер