Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi

13:43 27 Aprel 2023 Jamiyat
363 0

26-aprel kuni Toshkent-Istanbul yoʻnalishi boʻyicha HY273 aviaqatnov chaqaloq dunyoga kelishi bilan yakunlandi. Tugʻruq Istanbulga yaqinlashganda boshlandi. 1996-yilda tugʻilgan yoʻlovchi Sitora A. bortkuzatuvchilarga ogʻriq boshlanganligini bildirgan.

Brigadir vaziyatni baholab, bortdagi yoʻlovchilarga murojaat qilib, agar ular orasida shifokorlar boʻlsa yordam berishlarini soʻradi. Biroz vaqt oʻtgach, yoʻlovchi homiladorlikning 28-haftasida oʻgʻil farzandni dunyoga keltirdi. Xavfsiz qoʻnishdan soʻng Istanbul xalqaro aeroportining tibbiyot xodimlari bortga chiqishdi. Ona va yangi tugʻilgan chaqaloq klinikaga yotqizildi, ularning ahvoli barqaror deb baholandi.

Aviakompaniya jamoasi nomidan kichik yurtdoshimizning ota-onasini farzandi tugʻilgani bilan tabriklaymiz, bortda tugʻruq jarayoniga yordam bergan ekipaj va shifokorlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ushbu quvonchli voqea sharafiga Uzbekistan Airways tugʻruq jarayoniga har tomonlama yordam koʻrsatgan yoʻlovchilarga esdalik sovgʻalarini taqdim etadi. Ehtimol, Butunjahon uchuvchilar kunida havo kemasida tugʻilgan chaqaloq oʻz hayotini osmon va aviatsiya bilan bogʻlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?