Uzbekistan Airways “Bahor-yoz 2023” parvozlar jadvalini tasdiqladi
Foto: Arxiv surat
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023-yil 26-martdan joriy yilning 28-oktyabriga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga oʻtmoqda.
Mazkur bahor-yoz mavsumida aviakompaniya 70 ta yoʻnalishda parvoz qiladi, jumladan, Rossiyaning 40 ta, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi shaharlarga 30 ta yoʻnalish boʻyicha.
Yozgi navigatsiya davrida aviakompaniya mashhur sayyohlik yoʻnalishlariga parvozlar sonini koʻpaytiradi, shuningdek, yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytiradi.
Toshkentdan Urganch va Nukusga parvozlar kuniga 2-marta, Buxoroga esa 1-marta amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston poytaxtidan Qarshiga haftada 2-marta, Termiz va Samarqandga 6-marta, Fargʻona vodiysi boʻylab: Namanganga – 2, Fargʻonaga – 3 va Andijonga ham ikki martadan aviaqatnovlar bajariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring