“UzAutoMotors” bosh direktori jarimaga tortildi
“UzAutoMotors”ning shvetsiyalik bosh direktori Bu Inge Andersson ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Andersson “UzAutoMotors Powertrain” tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrmagan. Shu bois, unga nisbatan jarima koʻrinishidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.
Qoʻshimcha qilinishicha, qaror ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish Jamiyatning Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori (I.Abdullayev) va Moliya direktoriga (I.Radjabov) yuklatilgan.
Maʼlumot uchun, Bu Inge Andersson 2021-yil avgustida “UzAutoMotors” bosh direktori etib tayinlangan edi. U avtomobilsozlik sohasidagi top-menejerlardan biri boʻlib, Shvetsiyaning “Saab”, Rossiyaning GAZ va AvtoVAZ kompaniyalaridan ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring