UzAuto Motorsʻning Ravon avtomobillarining Rossiyadagi narxlariga doir rasmiy xabarnomasi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Rossiyadagi avtomobil sotadigan avtosalonlardan birida Ravon rusumidagi avtomobillar uchun narxlarning haddan ortiq darajada arzonligi haqida maʼlumotlar tarqaldi. Bundan tashqari, koʻplab rasmiy vakillar ham UzAuto Motors eksport narxlari boʻyicha raqamlar tahlilini ushbu koʻrsatilgan narxlarga asoslanib shakllantirdilar.
Kompaniya ushbu avtosalonda keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqqandan soʻng, mazkur avtosalon kompaniyaning rasmiy dileri hisoblanmaydigan Rossiyaning “Mas Motors” avtosaloni ekanligini hamda u oʻz veb-saytida mashinalarni arzon narxlarda taklif qilayotganini aniqladi.
Bundan tashqari, ushbu avtosalon Ravon modelidan tashqari Toyota va Hyundai avtomobillarini ham xuddi shunday arzon narxlarda taklif etmoqda. Biroq, mijozlar avtomobil sotib olish niyatida murojaat qilganda, avtosalon vakillari saytda koʻrsatilgan narx dastlabki toʻlov ekanligini yoki mijozga boshqa qimmatroq mashinani taklif qilishayotganini aytishadi.
Ushbu savdo sxemasi mazkur avtosalon tomonidan anchadan buyon amalda qoʻllaniladi, ularning ushbu faoliyati Rossiya telekanalida yoritilgan va ushbu avtosalon Otzovik hamda Aool.ruʼda salbiy izohlarga ham ega boʻlgan.
Shu munosabat bilan sizdan kompaniyaning faqat rasmiy manbalariga ishonishingizni soʻraymiz:
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring