“Uzauto motors” ayollar uchun bahoriy aksiya eʼlon qildi
Fevral ham yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. Demak, bahor kirib kelmoqda. Barchamiz uchun eng quvonchli va eng kutilgan fasl. Barchamiz uchun bahor nafaqat muloyim quyosh tafti va daraxtlardagi birinchi kurtaklar, uyqudan keyin tabiatning oʻzgarishi, balki eng yaxshi bayramlar hamdir.
Ulardan birinchisi — Xalqaro xotin-qizlar kuni. 8-mart kuni biz, ayniqsa ayollarimiz, opa-singillarimiz, onalarimiz va yaqinlarimizga oʻzgacha eʼtibor koʻrsatamiz, ularga gullar va sovgʻalar ulashamiz, yaxshi tilaklarni izhor etamiz, ularni hayron qoldirishga harakat qilamiz, sevgi va gʻamxoʻrlik koʻrsatamiz.
Bayramning anʼanasiga amal qilgan holda, “UzAuto Motors” AJ bahor boshlanishi va Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan aksiya boshlangani haqida eʼlon qiladi.
Bahorning ilk haftasida, 2-martdan 8-martgacha davom etadigan mazkur aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirishni istagan barcha ayollarimiz ishtirok etishlari mumkin.
"Aziz ayollar!
Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish boʻyicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, gʻildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va gʻildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
Aksiya oʻtkazilish joyi Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek koʻchasi 61 uyda (Moʻljal: metro “Doʻstlik-2”) joylashgan TRADE-IN Markazi.
Ushbu aksiyada ishtirok etish uchun siz 2-martga qadar bizning oddiy shartlarimizni bajarishingiz kerak.
1. Kompaniya sahifasiga obuna boʻling: https://www.facebook.com/UzAutoMotorsOfficial/.
2. Telegram kanalimizga obuna boʻling: @uzautomotorscom
3. Instagram sahifamizga obuna boʻling: @uzautomotorsofficial
4. Ushbu postga “Yoqdi” (Like) tugmasini bosing.
5. Izohlarda ayol doʻstlarni belgilang.
6. Oʻzingizning sahifangizda ushbu postni hamma uchun ochiq holatda boʻlishing.
Gʻoliblar tasodifiy sonlar generatsiyasi orqali aniqlanadi.
TRADE-IN markaziga xush kelibsiz!
Biz sizga xizmat qilishdan hursand boʻlamiz!" deyiladi aksiya xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring