“Usik hamda Fyurining nafaqasidan soʻng, Jalolov ogʻir vaznda chempion boʻladi” — Ekspert
Britaniyalik boks mutaxassisi Teylor OʻXiggins oʻzbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Eng ogʻir vazn toifasi — bu havaskor boksning maʼlum bosqichlaridagi eng qiyin diviziondir. Jalolov oltin medalgacha boʻlgan yoʻlda hayratlanarli vaziyatni koʻrsatib ulgurmagan. U Teremoana bilan ham deyarli teng jang qilgandi. Agar uni ham nokaut qila olganida, bu ayni muddao boʻlar edi”, — deydi OʻXiggins.
Ekspert Bahodir Jalolovning professional boksda jahon chempioni boʻlish imkoniyatlari haqida ham gapirib oʻtdi. Uning fikricha, Oleksandr Usik hamda Tayson Fyuri nafaqaga chiqqandan soʻng, eng ogʻir vazn toifasidagi chempionlik kamarini hech qanday muammolarsiz Jalolov qoʻlga kiritadi. Bu fikrning qanchalik amalga oshishi faqatgina vaqt masalasidir.
“Shunday ekan, ha, men uni jahon chempioni boʻladi, deya olaman. Lekin u yanada koʻproq harakat qilishi, kuchli hamda nomdor bokschilar bilan koʻproq jang oʻtkazishi kerak”, — deydi Teylor.
Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Uning navbatdagi jangi 2025-yil 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida boʻlib oʻtadi. Uning boʻlajak raqibi Devid Spilmont esa shu kungacha 27 ta jang oʻtkazib, 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Gʻalabalarining 11 tasini nokaut orqali qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring