Urush oʻchoqlaridan olib kelinganlarni jamiyatga moslashtirishda Oʻzbekiston tajribasi oʻrganilmoqda
Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi hamda respublika davlat idoralari bilan hamkorlikda “Suriya va Iroqdan qaytarib olib kelinganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish boʻyicha Markaziy Osiyo muloqoti: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Anjuman diniy ekstremistik tashkilotlar saflaridan qaytgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish siyosatini olib borish va ularni tinch yashash sharoitlariga moslashtirish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasini oʻrganishga qaratilgan.

Konferensiyada Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlarining vazirlik, idora va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilot va diplomatik vakolatxonalar xodimlari, shuningdek, bir qator xorijiy ekspertlar ishtirok etyapti.

Tadbir tematik sessiyalarda “Qaytib kelganlarni reintegratsiya qilishning siyosiy va huquqiy jihatlari: milliy amaliyot sharhi” va “Reabilitatsiya jarayonida ijtimoiy dasturlarning roli” mavzularida maʼruzalar tinglanadi.

Shuningdek, konferensiyaning amaliy qismi sifatida urush oʻchoqlaridan qaytib kelganlarni reintegratsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlarini oʻrganish maqsadida ertaga Surxondaryo viloyati Termiz shahriga tashrif uyushtiriladi.

Omonullo FAYZIYEV,
Hasan PAYDOYEV(suratlar),
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring