Urgutda muqaddam sudlangan hokim yordamchisi va advokat pora bilan qoʻlga tushdi
Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlangan 61 million soʻmlik kamomad boʻyicha prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi.
Shundan soʻng, tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi hokim yordamchisi mazkur jinoyat ishining unda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biriga tegishli qismini tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Soʻngra hokim yordamchisi ushbu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan hamda mazkur qonun himoyachisi ham 2 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumondor shaxsga tegishli qismini JPKning 84-moddasi bilan tugatib berishni vaʼda qilgan.
Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Maʼlum qilinishicha, hokim yordamchisi muqaddam JKning 167-moddasi bilan, advokat esa 168-moddasi bilan sudlangan boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring