Urganch xalqaro aeroporti rejadagidan ikki kun avval ochiladi
Taʼmirlash ishlari sabab joriy yilning 20-iyul kunidan 7-avgustiga qadar yopilgan Urganch xalqaro aeroporti rejada belgilangan vaqtdan oldinroq ochiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlangani munosabati bilan ushbu aeroport 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da oʻz faoliyatini tiklaydi.
Manbaga koʻra, ikki hafta ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, uzunligi 3000 m va eni 45 m boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi qoplamasi almashtirilgan va mustahkamlangan, ikkinchi va uchinchi yurish yoʻlaklari kapital taʼmirlangan.
“Bu aeroportga Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish va, oʻz navbatida, Urganch shahriga reyslar soni va yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Urganch shahridagi uchish-qoʻnish yoʻlagini kapital rekonstruksiya qilish ishlari oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman taʼmirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring