Abduqodir Husanov Chempionlar ligasi umumiy bosqichining eng tezkor oʻyinchilaridan biri boʻldi

15:44 31 Yanvar 2026 Sport
938 0

2025/2026-yilgi mavsum UEFA Champions League umumiy bosqichidagi eng tezkor futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi. Ushbu roʻyxatdan Manchester City jamoasi safida toʻp surayotgan oʻzbek himoyachisi Abduqodir Husanov ham oʻrin oldi.

Eng yuqori natijani Real Madrid jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe qayd etdi — 34,9 km/soat.
Ikkinchi oʻrinni 34,7 km/soat natija bilan Abduqodir Husanov egalladi.
Uchinchi oʻrindan esa “Club Brugge” hujumchisi Karlush Forbs joy oldi — 34,3 km/soat.

Toʻliq roʻyxat (Sofascore maʼlumotlariga koʻra):

  1. Kilian Mbappe — 34,9 km/soat
  2. Abduqodir Xusanov — 34,7 km/soat
  3. Karlush Borjesh — 34,3 km/soat
    (qolgan ishtirokchilar Sofascore reytingida)

Eslatib oʻtamiz, Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” jamoasi Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер