Urganch xalqaro aeroporti ochildi
Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Urganch xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagini kapital taʼmirlash ishlari boshlangani munosabati bilan joriy yilning 20-iyul sanasidan oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan edi. Rekonstruksiya davrida barcha reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi. Barcha yoʻlovchilar Urganchdan Nukus aeroportigacha bepul transport qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Taʼmirlash ishlari rejada belgilanganidan ikki kun oldin yakunlanib, aeroport 2024-yil 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan yana oʻz faoliyatini boshladi.
— Aeroportimiz kuniga 20 ga yaqin reyslarni qabul qilish, bir soatda 300 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega, — deydi Urganch xalqaro aeroporti direktorining yordamchisi Rajabboy Otaboyev. — Aeroportning uchish qoʻnish yoʻlagi oxirgi marta 1997-yilda kapital, 2018-yilda qisman taʼmirlangan edi. Bu yil kapital taʼmirlash jarayoniga 98 ta maxsus texnika jalb qilinib, loyihada belgilangan ishlar muddatidan oldin yakunlandi. Endilikda aeroportimiz “Boing 787” va “Airbus A330” kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qiladi.
Urganch xalqaro aeroportida yaratilgan bunday imkoniyatlar viloyatga sayyohlar oqimini koʻpaytirish, hududning drayveri hisoblangan turizm sohasini yanada rivojlantirishga qulay sharoit yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring