Uranchilar Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini nishonlashdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Temur ESHBOYEV/ «Xalq soʻzi»). Har yilning 28-aprel kuni yer yuzida Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadi.
Shu munosabat bilan «Navoiyuran» davlat korxonasi va uning tarkibiy boʻlinmalari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati mutaxassislari ishtirokida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
— Mazkur kunning tadbirlari har yili bayram maʼlum bir shior ostida oʻtkaziladi, — deydi «Navoiyuran» DK mehnat muhofazasi va barqaror rivojlanish boʻyicha direktor S. Nurnazarov. — Shunga koʻra 2024-yilda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunining mavzusi «Iqlim oʻzgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taʼsiri» etib belgilangan. Chunki yer yuzidagi iqlim sharoitining oʻzgarishi atrof-muhit, ayniqsa ishchi xodimlarning xavfsizligi va sogʻligʻiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. Mehnat muhofazasida yangi-yangi talablarni taqozo etyapti.
Tadbirda korxonada mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muammolariga eʼtiborni kuchaytirish, xavfsizlikni taʼminlash, ishchilarning mavjud ishlab chiqarish xatarlari va ulardan himoyalanish yoʻllari haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan koʻrgazma ham tashkil etildi. Unda «NKMK jamgʻarmasi» DM Zarafshon hududiy boshqarmasining «Agama» toʻqimachilik-trikotaj fabrikasi, «Liniya zaщitы» kompaniyalar guruhi hamda Germaniyaning «UVEX» kompaniyasi va «FF-SAFETU-GROUP» firmasi mutaxassislari ishchi-xodimlar uchun taqdim qilgan maxsus ish kiyimlari va shaxsiy himoya vositalarini namoyish qilishdi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari uchun tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha mahorat darslari oʻtkazilib, favqulodda holatlardagi asosiy harakatlar koʻzdan kechirildi.
Korxona tarkibiy boʻlinmalarida sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishdagi munosib hissasi va Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan bir guruh muhandis-texnik xodimlarga korxona rahbariyatining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring