Universitetlar oʻrtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Turkiyaning Dumlupinar universitetida “Xalqaro qishloq turizmi va taraqqiyoti” mavzusida kongress yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti vakillari ham ishtirok etishdi.
— Respublikamizda, xususan, Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligi turizmini rivojlantirish boʻyicha barcha imkoniyatlarga egamiz, — deydi mazkur universitet rektori Komiljon Komilov. — Masalan, viloyatda uch xil rangdagi paxta navining yaratilishi, pillachilik sohasida ipak qurtidan toʻrt martagacha pilla yetishtirilayotgani, aholi tomorqalarida toʻrt martagacha hosil olish orqali qoʻshimcha daromad manbai ortib borayotgani xorijliklarning qiziqishini oshirmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi xalqaro hamkorliklar oʻzaro tajriba almashish imkonini ham beradi.
Kongress davomida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti hamda Pokistonning Laxor shahridagi Veterinariya va chorvachilik instituti, Panjob shahridagi Muhammad Navozi Sharif agrar universiteti hamda Turkiyaning Dumlupinar universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring