Universitetda talabalarni yotoqxonaga joylashtirishda onlayn tizimi joriy etildi

18:18 15 Avgust 2023 Jamiyat
1032 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Qarshi davlat universitetida talabalar uchun munosib sharoit va qulaylik yaratish maqsadida oʻziga xos yangilikka qoʻl urildi.

Unga koʻra, endilikda talabalar https://qarshidu-yotoqxona.uz/... havolasi orqali yotoqxonaga joylashish uchun onlayn shaklda ariza topshirishlari mumkin.

— Yangi platformaning afzallik jihati shundaki, unda yotoqxona olish uchun arizalarni uyda turib yuborish, tasdiqlash va rad etish jarayonini kuzatib borish hamda SMS xabarnomalar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish, shaffoflikni taʼminlash kabi qator qulayliklar mavjud, — deydi taʼlim muassasasining Talabalarni turarjoy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Umidjon Xolmurodov. — Aytaylik fizika-matematika fakultetida oʻqiyotgan talaba tegishli havola orqali ushbu fakultet uchun ajratilgan yotoqxona, undagi boʻsh xonalar bilan tanishadi va oʻziga maʼqul xonani tanlab, buyurtmani yuboradi. Toʻlov qilingach, ushbu oʻrin avtomatik ravishda egallangan hisoblanadi va boshqa foydalanuvchiga koʻrinmaydi.

Aytish joiz, universitetda 10 ta talabalar turarjoyidagi oʻrinlar 3038 tani tashkil etadi. Bu mavjud ehtiyojni deyarli toʻliq qoplash imkonini beradi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?