“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Universiada — 2025” sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan hududiy jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
Musobaqada g‘alaba qozongan va sovrindor bo‘lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta’lim muassasalarining mehnati va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi jonbozliklari alohida e’tirof etildi.
“Universiada — 2025” — yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va yurtimiz sport salohiyatini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim maydonga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring