HAMAS siyosiy partiya sifatida tan olinishi evaziga qurolni topshirishga rozi boʻldi
Sky News Arabia xabar berishicha, Falastinning HAMAS harakati AQSH maʼmuriyati bilan Gʻazo sektoridagi qurollarni topshirish hamda yer osti tunnellari xaritalarini taqdim etish masalasida oʻzaro anglashuvga erishgan. Buning evaziga harakatni siyosiy partiya sifatida tan olish koʻzda tutilmoqda.
Telekanal manbasining taʼkidlashicha, kelishuvlarga koʻra, harakatning siyosiy va harbiy rahbarlaridan Gʻazo anklavini tark etishni istaganlari AQSH tomonidan taʼqib qilinmasdan chiqib ketish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shuningdek, Vashington HAMAS politsiyasi xodimlarining bir qismini hamda sobiq mansabdorlarni Isroil va AQSH xavfsizlik tekshiruvidan oʻtgan taqdirda, Gʻazoning yangi maʼmuriy tuzilmasiga integratsiya qilishga rozilik bildirgani aytiladi.
Falastin Milliy Maʼmuriyati mazkur kelishuvlarga qarshi emas, agar ular urushni tugatish, oʻt ochishni toʻxtatish rejimini oʻrnatish va tiklanish jarayonlarini jadallashtirishga olib kelsa.
Shu bilan birga, Isroil kelishuvning ayrim bandlariga, ayniqsa HAMASni siyosiy partiya sifatida saqlab qolishga doir shartlarga keskin qarshi ekani qayd etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring