UNESCOning Toshkent deklaratsiyasida 2030-yilgacha maktabgacha taʼlimining global kun tartibi belgilandi
14–16-noyabr kunlari Oʻzbekiston poytaxtida boʻlib oʻtgan Kichik yoshdagi bolalarga gʻamxoʻrlik va taʼlim berish boʻyicha butunjahon konferensiyaning soʻnggi kunida 150 ga yaqin davlat vakillari UNESCOning Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi.
Avvalroq Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konferensiya delegatlariga aytgan qutlov nutqida shunday degan edi: “Bugungi konferensiya qizgʻin muhokama va fikr almashish ruhida oʻtib, yangi gʻoya va tashabbuslar, aniq takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishiga ishonchim komil. Konferensiya yakunida qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi bu boradagi birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz uchun asos boʻlib xizmat qilishi shubhasiz”.
Toshkent deklaratsiyasi 2030-yilgacha boʻlgan davrda maktabgacha taʼlimining xalqaro kun tartibini belgilashga qaratilgan. Ushbu hujjat konferensiya doirasidagi maslahatlashuv jarayoni orqali tayyorlangan va imzolangandan soʻng BMTning oltita rasmiy tiliga tarjima qilinadi va UNESCOga aʼzo davlatlarga tarqatiladi.
“Oʻzbekistonda UNESCOning 2022-yilni taʼlimga safarbarlik yiliga aylantirish haqidagi qatʼiy qaroridan kelib chiqib, dunyoga kuchli xabar yuborish imkoniyati mavjud. Toshkentda istiqomat qiluvchi jamiyatni – oʻz farzandlari haqida qaygʻuruvchi, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi va ularga munosib eʼtibor qaratuvchi jamiyat modelini belgilashimiz kerak”, — dedi voqeani sharhlar ekan UNESCOning Bosh direktori Odri Azule.
Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish tizimini global oʻzgartirish strategiyasining bir qismi sifatida Toshkent deklaratsiyasida bir qator yetakchi tamoyillar belgilandi: oʻquv dasturlari va pedagogikaning sifati va dolzarbligini oshirish; barcha bolalar uchun teng va inklyuziv taʼlim xizmatlarini taʼminlash va favqulodda vaziyatlarda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga kirish huquqlarini himoya qilish va kafolatlash. Bu va boshqa qator vazifalar zamirida pedagog kadrlarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, innovatsiyalarni keng joriy etish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kabi fundamental omillar mujassam.
UNESCOning Toshkent deklaratsiyasining 2030-yilgacha boʻlgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari – BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim bosqichini belgilab bergan qoidalari imzolangan paytdan boshlab xalqaro tashkilotlar va ishtirokchi davlatlarning tegishli vazirliklari uchun qoʻllanmaga aylandi. Jahon hamjamiyatining 4.2-bandini amalga oshirishda shunday deyilgan: “2030 yilgacha barcha qizlar va oʻgʻil bolalar boshlangʻich taʼlimga tayyor boʻlishlari uchun sifatli maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, parvarish qilish va kichik yoshdagi bolalar sifatli taʼlim tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari joizdir”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring