UNESCO bilan ekologik taʼlim va tabiiy merosni boshqarish sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Tabiat resurslari vazirligi hamda UNESCO oʻrtasidagi ekologik taʼlim, tabiiy merosni boshqarish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish, raqamlashtirish tizimi, ekologik taʼlim va madaniyatni joriy etish, xodimlar va mutaxassilar salohiyatini oshirish hamda bu borada xorijiy tajribani qoʻllash muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisida milliy maʼruzasini ishlab chiqish, milliy ekologik va tabiiy meros roʻyxatlarini tuzish masalasi muhim ekanligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Orolboʻyi mintaqasida Orol madaniy meros bogʻi innovatsion loyihasini tuzish, madaniy meros obyektlariga tashrif buyuruvchilar markazlarini tashkil etish, iqlim oʻzgarishining oldini olish boʻyicha strategik ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi. Qolaversa, havo, suv va ekologik taʼlim masalalarida olib borilayotgan izchil ishlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadallashtirishda muhim harakatlanuvchi mexanizm ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining (CMS) 14-Tomonlar konferensiyasi (COP-14)ni hamkorlikda oʻtkazishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring