Ulugʻbek Rashitov Parij Olimpiadasini gʻalaba bilan boshladi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Teakvando boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ulugʻbek Rashitov “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini boshlab oldi.
Qayd etish kerakki, yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib teakvando bahslariga kirishgan hamyurtimiz -68 kg vazn toifasida Gongkong vakili Lo Vay Fungni magʻlubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqdi.
Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida 12:0 va ikkinchisida 9:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Ulugʻbek keyingi bosqichga chiqdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Ulugʻbek Rashitov 2002-yil 23-martda tavallud topgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida chempion boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida tayekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring