Ulugʻbek Rashitov ikki karra Olimpiada chempioni!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilarining gʻalabalari yurishlari davom etmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqaning navbatdagi kuni taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz finalda Iordaniya vakili Zayd Abdul Karimga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsning birinchi raundida yurtdoshimiz 5:4, ikkinchisida esa 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Shu tariqa taekvondo boʻyicha “Tokio-2020” yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni Ulugʻbek Rashitov Parijda ham oltin medalni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston tarixida ikki karra Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi sportchiga aylandi.
Ulugʻbek Rashitov finalgacha boʻlgan bahslarda dastlab gongkonglik Lo Vay Fangni, chorak finalda xitoylik Lyan Yushuayni, yarim finalda esa ispaniyalik Xavyer Peres magʻlubiyatga uchratdi.
Eslatib oʻtamiz, Ulugʻbek Rashitov hozirda 22 yoshda, “Tokio-2020”da u 19 yoshida chempioni boʻlib, Oʻzbekiston tarixida Olimpiada oʻyinlarida gʻolib chiqqan eng yosh sportchiga aylangandi.
Avvalroq, Bahodir Jalolov Olimpiada medalini kafolatlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring