Oʻzbekistonda har haftaning payshanbasi “Yoshlar kuni” boʻladi

11:51 24 Fevral 2026 Siyosat
241 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” boʻlishi belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, shu kuni sohaga masʼul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning taʼlim olishi, sport bilan shugʻullanishi, kasb va til oʻrganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga koʻmaklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, alohida mablagʻ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, maʼnaviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер