Oʻquv markazlari uyushmasiga 100 mln dollar jalb qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari kecha Jarqoʻrgʻonda yoshlarni xorijiy til va AT kurslariga oʻqitayotgan xususiy oʻquv markazi faoliyati bilan tanishdi.
Birgina mana shu oʻquv markazi 8 mingdan ziyod yoshlarni oʻqitgan. Mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil qilishini inobatga olsak, bu kabi oʻquv muassasalarini yanada koʻpaytirish kerakligi qayd etildi.
Bunday markazlarni koʻpaytirish uchun joyi, kreditiga koʻmaklashish, ularning manfaatini himoya qilish, zamonaviy standartlarni joriy etish zarur.
Shu maqsadda Oʻquv markazlari uyushmasi tashkil qilinadi. Bu yil uyushmaga 100 million dollar mablagʻ jalb qilinadi. Ushbu mablagʻlar oʻquv markazi tashkil qilmoqchi boʻlgan tadbirkorlarga arzon kredit, subsidiya, joy ijarasining kompensatsiyasi uchun yoʻnaltiriladi.
Yigʻilishda viloyat faollari, yoshlar va nuroniylar bilan muloqot qilindi, hokimlar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring