Ukrainaning dron zarbasi va Isroilning qochqinlar lageriga hujumi (+video)

23:35 10 Sentyabr 2024 Dunyo
326 0

Ukraina Rossiyaga 140 dan ortiq dron uchirdi

Ukraina Rossiya tomonga 140 dan ortiq raketa uchirdi. Rossiya tomoni bir kechada 144 dan ortiq Ukraina dronini urib tushirgani aytilmoqda. Ulardan 20 tasi Moskva viloyati ustida tutilgan.

Moskva rasmiylariga koʻra, Ukraina samolyotining qoldiqlari turar-joy binosiga urilishi oqibatida 46 yoshli 1 nafar ayol vafot etgan, 3 kishi jarohat olgan.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning aytishicha, uchuvchisiz samolyot qoldiqlari Seshanba kuni ertalab Ramenskoye tumanidagi kamida ikkita koʻp qavatli uylarga zarar yetkazgan va bir nechta kvartiralar yonib ketgan.

43 kishi vaqtinchalik turar joy markazlariga evakuatsiya qilingan. Shahar meri Sergey Sobyaninning aytishicha, favqulodda vaziyatlar guruhlari mintaqaning bir qator joylariga, shuningdek Jukovo aeroporti yaqinidagi hududga va Domodedovo tumani atrofida joylashtirilgan. 30 dan ortiq reyslar toʻxtatilgan.

Rossiya vazirligi Ukraina bilan chegaraga yaqin Bryansk viloyatida 72 dron ushlanganini aytdi. Gubernator Aleksandr Bogomaz hujumni keng koʻlamli deb taʼriflagan, ammo Telegram ilovasidagi xabarga koʻra, qurbonlar yoki zararlar koʻrganlar yoʻqligi aytilgan. Vazirlik bayonotida aytilishicha, yana 14 ta dron Kursk, 13 tasi Tula va yana 25 tasi mamlakatning boshqa beshta hududida ushlangan.

Moskva oʻzining keng koʻlamli bosqinini boshlaganidan beri ikki yarim yildan koʻproq vaqt oʻtgach, Ukraina Rossiyaning energetika, harbiy va transport infratuzilmasiga hujum qilish uchun oʻzining mahalliy dron sanoatining rivojlanishini kuchaytirdi.

AQSH bankrot boʻlmoqda

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask AQSH shiddat bilan bankrot boʻlayotganini aytib, davlat qarzi boʻyicha foiz toʻlovlari mamlakat mudofaa byudjetidan oshib ketganini taʼkidladi.

“Agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, biz hukumatning oʻziga xos juda kam uchraydigan deregulyatsiyasi (jamoat munosabatlarining maʼlum bir sohasida davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish yoki qisqartirish)ni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Chunki AQSH shiddat bilan bankrot boʻlmoqda. Mudofaa vazirligi byudjeti yiliga bir trillion dollarni tashkil etadi va milliy qarz boʻyicha foiz toʻlovlari mudofaa byudjetidan oshib ketdi”, dedi Mask.

Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp oʻtgan hafta prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, hukumatni isloh qilish boʻyicha komissiya tuzib, uning samaradorligini oshirishga vaʼda berib, unga Mask rahbarlik qilishini qoʻshimcha qilgandi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Sobiq prezident Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Unga demokrat nomzod — vitse-prezident Kamala Harris raqiblik qiladi.

Isroil yana qochqinlar lageriga zarba berdi

Isroil aviatsiyasi seshanba kuni tongda Gʻazo janubidagi qochqinlar lageriga zarba berdi. Bu haqda “Reuters” agentligi maʼlum qildi.

Falastin rasmiylariga koʻra, ushbu hujum keng koʻlamli vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan. Zarba oʻzidan katta krater qoldirdi va qochqinlarning chodirlarini vayron qildi. Qutqaruvchilar tirik qolganlarni qidirishmoqda.

Isroil tinch aholi uchun xavfsiz hudud boʻlishi kerak boʻlgan al-Mavasi hududidagi HAMAS qoʻmondonlik markazini nishonga olganini aytdi. Shunga qaramasdan, HAMAS mintaqada oʻz qoʻshini yoki qarorgohi borligini rad etdi. Falastin favqulodda xizmatlarining xabar berishicha, kamida 65 kishi halok boʻlgan yoki yaralangan.

“Biz xavfsiz boʻlishi kerak boʻlgan gumanitar hududda edik, ammo Isroil bunga eʼtibor bermadi”, degan qochqinlar lagerida yashab kelgan Rayed Abu Muammar. HAMAS Isroilning bunday hujumiga qanday javob berishi nomaʼlum, ammo Tel-Aviv gumanitar hududga qilgan hujumi uchun javob berishi kerak deb, hisoblanmoqda.

“Reuters” jurnalistiga koʻra, atrofdagi chodirlar butunlay yonib ketgan. Vayronaga aylangan qochqinlar lagerida metall ramkalar, qum ostida qolgan mashinalar va qochqinlarning maishiy buyumlarining tartibsiz yoyilib yotibdi. Hozirda ham qidiruv va qayta tiklanish jarayoni ketyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?