“Ukraina uchun pul yoʻq!”. AQSHda Bayden Ukrainaga mablagʻ ajratishni toʻxtatishga chaqirildi
Illyustrativ foto
Prezident Jo Bayden boshchiligidagi AQSH hukumati byudjet mablagʻlarini Ukrainaga sarflashni toʻxtatishi kerak. Xuddi shunday fikrni respublikachi kongressmen Marjori Teylor Grin ilgari surmoqda. U shu tariqa OAVning Vashington Kiyevga 200 million dollarlik yangi yordam eʼlon qilmoqchi ekanligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
“Ukraina uchun pul yoʻq! Biz oʻz armiyamizni moliyalashni ham tugatmadik. Bayden maʼmuriyati esa Kiyevga koʻproq pul joʻnatish uchun buxgalteriya firibgarligini yoʻlga qoʻymoqda”, deydi Grin.
Kongressmenning qoʻshimcha qilishicha, u Kongressda Ukrainaga yangi yordam paketini yoqlab ovoz bermoqchi emas. Grin AQSH rasmiylari Kiyevga emas, oʻz davlatiga yordam berishi kerakligini taʼkidlamoqda.
Qoʻshma Shtatlar 2022-yil fevral oyi oxirida Rossiyaning Ukraina hududida “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlanishi bilan mazkur mamlakatga moliyaviy, gumanitar va harbiy yordamni kuchaytirdi. Vashington Kiyevga yordam berish uchun milliardlab dollar sarfladi. 2023-yil avgustiga kelib esa aksariyat amerikaliklar Ukrainaga yordam berishning davom etishiga qarshiligi bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring