Ukraina Rossiyaning bir qancha shaharlariga dron hujumlarini uyushtirdi
Illyustrativ foto
18-iyuldan 19-iyulga oʻtar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning bir qancha shaharlariga hujum uyushtirdi.
Qayd etilishicha, hujum natijasida Sheremetyevo va Domodedovo aeroportlari vaqtincha samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishni toʻxtatdi. Shuningdek, aloqa tarmogʻiga zarar yetkazilgani tufayli 50 dan ortiq poyezd qatnovlari kechiktirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, havo mudofaa kuchlari 71 ta dronni urib tushirgan. Ulardan 13 tasi Moskvaga yaqinlashayotganida yoʻq qilingan. Shu sababli Sheremetyevo va Domodedovo aeroportlari vaqtincha samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishni toʻxtatgan.
Moskva viloyatining Dmitrov tumanida dron qulaganidan soʻng elektr uzatish liniyasi zarar koʻrgan. Bu hodisada hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.
Rostov viloyatida esa Kamensk-Shakhtinskiy shahriga uyushtirilgan dron hujumi natijasida bir nechta uylar yonib ketgan, bir kishi jarohat olgan. Hududdagi Kamenskiy tumanida elektr transformatori yonib ketgan, natijada qariyb 2000 kishi elektr taʼminotisiz qolgan.
Shu bilan birga Rostov viloyatida qulagan dron parchalari temiryoʻl kontakt liniyasini shikastlagan. Natijada uzoq masofali 50 dan ortiq poyezdning harakati kechiktirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring